Uzbekistan Airways Haj mavsumi uchun 124 ta charter yo‘lovchi parvozini amalga oshiradi
17 may 2024, 17:01

Uzbekistan Airways Haj mavsumi uchun 124 ta charter yo‘lovchi parvozini amalga oshiradi

Uzbekistan Airways “Haj-2024” dasturi doirasida 124 ta charter yo‘lovchi parvozini amalga oshiradi. 15 ming 130 nafar ziyoratchi Boeing 767 samolyotlarida tashilishi, ularga aeroportda ro‘yxatdan o‘tish vaqtida issiq nonushta, parvoz davomida esa maxsus taomlar tarqatilishi rejalashtirilgan.

Qozog‘iston prezidenti “Markaziy Osiyo davlatlarini bo‘lmoqchi bo‘lgan tashqi kuchlarga” qarshilik ko‘rsatishga chaqirdi
17 may 2024, 16:55

Qozog‘iston prezidenti “Markaziy Osiyo davlatlarini bo‘lmoqchi bo‘lgan tashqi kuchlarga” qarshilik ko‘rsatishga chaqirdi

Qozog‘iston prezidenti Markaziy Osiyo xavfsizlik kengashlari kotiblari bilan bo‘lib o‘tgan birinchi uchrashuvda “mintaqa davlatlarini bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish va ularni bo‘lmoqchi bo‘lgan tashqi kuchlarga birgalikda qarshilik ko‘rsatishga” chaqirdi.

Malayziya bosh vaziri O‘zbekistonga keldi (foto)
17 may 2024, 15:21

Malayziya bosh vaziri O‘zbekistonga keldi (foto)

Juma kuni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohimni aeroportda hamkasbi Abdulla Aripov kutib oldi. Ular “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi. Hukumat rahbari kunning 2-yarmida “Ko‘ksaroy” qarorgohida oliy darajadagi tadbirlarda qatnashadi.

Nega turar joy majmualari quruvchi tashkilotlar taqdim etgan loyihaga mos kelmaydi? Arxitektor fikri
17 may 2024, 15:04

Nega turar joy majmualari quruvchi tashkilotlar taqdim etgan loyihaga mos kelmaydi? Arxitektor fikri

Yangi turar joy sotib olganlar obyektlari qurilishdan oldin taqdim etilgan loyihalarga mos kelmasligidan doimo shikoyat qiladi. “CaEX Bizning uylar 2024” ko‘rgazmasi davomida arxitektorlar nomutanosibliklarga nima sabab bo‘lishi va o‘zlari qanday muammolarga duch kelishi haqida gapirib o‘tdi.

Iyundan ayrim poyezdlarning qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
17 may 2024, 13:18

Iyundan ayrim poyezdlarning qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

3-iyundan Andijon-Termiz va Toshkent-Andijon, 6-iyundan esa Andijon-Qo‘ng‘irot yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar qatnay boshlaydi.

“Vaqt o‘tishi bilan progressiv soliq shkalasi haqida o‘ylash mumkin bo‘ladi” — Soliq qo‘mitasi vakili
17 may 2024, 12:57

“Vaqt o‘tishi bilan progressiv soliq shkalasi haqida o‘ylash mumkin bo‘ladi” — Soliq qo‘mitasi vakili

DSQning Strategik rejalashtirish boshqarmasi boshlig‘i Timur Ismoilov aksar xorijiy mamlakatlarda soliq yig‘ish bo‘yicha yagona stavka qo‘llanmasligini ta’kidladi. “Vaqt o‘tishi bilan, tizim butunlay mustahkamlangandan so‘ng soliqqa tortishning progressiv shkalasiga o‘tish haqida o‘ylash mumkin”, — dedi u.

Toshkent viloyatida 5 tup chinor kesganlar qamaldi
17 may 2024, 12:47

Toshkent viloyatida 5 tup chinor kesganlar qamaldi

O‘rta Chirchiq tumanida 5 nafar shaxs 5 tup chinor daraxtini kesib, bozorda sotmoqchi bo‘lgani aniqlandi. Sud ularning ikki nafariga 2 yil, uch nafariga esa 1 yildan ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Dam olish kunlari harorat pasayib, yomg‘ir yog‘adi
17 may 2024, 12:26

Dam olish kunlari harorat pasayib, yomg‘ir yog‘adi

O‘zbekistonda dam olish kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Harorat +17…+22 darajagacha pasayadi. Joylarda shamol tezligi kuchayishi mumkin.

DXX Toshkentda jangovar qurollar saqlagan shaxslarni qo‘lga oldi
17 may 2024, 11:41

DXX Toshkentda jangovar qurollar saqlagan shaxslarni qo‘lga oldi

Toshkent shahrida Rossiyadan olib kelingan 3 dona Makarov, 1 dona TT pistoleti va patronlarini saqlab kelgan shaxslar ushlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi.

Jizzaxda uchta yuk mashinasi to‘qnashdi
17 may 2024, 11:23

Jizzaxda uchta yuk mashinasi to‘qnashdi

Sharof Rashidov tumanida 2 ta Howo va Sany yuk mashinalari o‘rtasida YTH sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q.

BNQIZ noyabr-dekabrdan Ai-80 o‘rniga Ai-91 va Ai-92 benzinlarini ishlab chiqarishga o‘tishni boshlaydi
17 may 2024, 11:10

BNQIZ noyabr-dekabrdan Ai-80 o‘rniga Ai-91 va Ai-92 benzinlarini ishlab chiqarishga o‘tishni boshlaydi

Buxoro neftni qayta ishlash zavodi noyabr-dekabr oylarida Ai-91 va undan yuqori turdagi benzinni ko‘proq ishlab chiqarishni boshlaydi, 2025-yil boshidan esa Ai-80 ishlab chiqarishdan butunlay voz kechish rejalashtirilgan, dedi “O‘zbekneftgaz” AJ rahbari o‘rinbosari Odil Temirov.

O‘zbekistonning yangi elchisi Britaniya qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi
17 may 2024, 10:56

O‘zbekistonning yangi elchisi Britaniya qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi

2023-yil noyabr oyida Londonga yangi elchi sifatida yetib borgan Ravshan Usmanov Buyuk Britaniya qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jomart Toqayevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
17 may 2024, 10:42

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jomart Toqayevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev telefon orqali Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayevni tavallud kuni bilan tabrikladi. O‘zbekiston prezidenti unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, qardosh qozoq xalqiga tinchlik va ravnaq tiladi.

“11 metrdan tepolmaganning o‘rnida o‘zim bo‘lsam dedim”. Prezident U-23 finalini esladi
17 may 2024, 09:08

“11 metrdan tepolmaganning o‘rnida o‘zim bo‘lsam dedim”. Prezident U-23 finalini esladi

Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha Yaponiyaga qarshi U-23 finalini eslab, jamoa penaltidan unumli foydalana olmay, mag‘lub bo‘lgach, 3 kun uxlamay chiqqanini aytdi. “Uning o‘rnida o‘zim bo‘lsam dedim. Bittagina to‘p-a!” degan prezident jamoaning Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olganini katta yutuq deb atadi.

O‘zbekistonda ELLE xalqaro nashri ish boshlaydi
17 may 2024, 08:05

O‘zbekistonda ELLE xalqaro nashri ish boshlaydi

O‘zbekiston bozoriga ELLE media brendi kirib keladi. ELLE Oʻzbekiston xodimlarni ishga qabul qilishni boshladi.

Andijonda 80 sotix yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
17 may 2024, 00:39

Andijonda 80 sotix yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida 80 sotix noturar yerni 160 ming dollarga, Samarqand viloyati Payariq tumanida 2,1 gektar yerni 36 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqarolar qo‘lga olindi. Ularga nisbatan ikkita modda bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Toshkentda o‘gay onasining qiynoqlari sabab uyidan chiqib ketgan bolaga yordam ko‘rsatildi
17 may 2024, 00:21

Toshkentda o‘gay onasining qiynoqlari sabab uyidan chiqib ketgan bolaga yordam ko‘rsatildi

Toshkentda o‘gay onasining qiynoq va zulmlari sabab uyidan chiqib ketgan voyaga yetmagan bola ijtimoiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirildi. Bola qarovsiz qolishi natijasida uning ta’lim olishi va tarbiyasi izdan chiqib ketgan, deb yozdi IHMA.

O‘zbekistonda “Tirik tarix” turkum filmlari yaratiladi
17 may 2024, 00:01

O‘zbekistonda “Tirik tarix” turkum filmlari yaratiladi

O‘zbekistonda eng qadimgi o‘tmishdan to yaqin tarixgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan “Tirik tarix” turkum filmlari yaratiladi. “Agar tariximizni dunyoga tarannum etmoqchi bo‘lsak, xalqimizning milliy g‘ururini ko‘tarmoqchi bo‘lsak, buni birinchi navbatda kino yordamida amalga oshirishimiz kerak”, — dedi prezident.

Mahmud Istamov Qonunchilik palatasi devoniga rahbar bo‘ldi
16 may 2024, 23:41

Mahmud Istamov Qonunchilik palatasi devoniga rahbar bo‘ldi

Mahmud Istamov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi devoni rahbari etib tayinlandi. U avval Buxoro viloyati prokurori, MSK raisi o‘rinbosari, adliya vazirining o‘rinbosari va birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Malayziya bosh vaziri rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi
16 may 2024, 23:00

Malayziya bosh vaziri rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. U Toshkentdan tashqari, Samarqand va Buxoroda ham bo‘ladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting